Линклар

logo-print

Yevropa parlamenti deputatlari Nadejda Savchenko ishi bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarni amalga oshirgan degan tavsif bilan shaxsan Vladimir Putinga va yana 28 rus rasmiysiga nisbatan sanksiyalar joriy etish masalasini ko‘tardi.

8 mart kuni Yevroparlamentning 57 deputati bu boradagi murojaatni Yevropa Ittifoqi kengashiga yo‘lladi. 8 mart kuni AQSh davlat kotibi Jon Kerri ham Rossiyani Nadejda Savchenkoni ozod qilishga chaqirdi.

Ukraina poytaxti Kievda esa yuzlab odamlar, jumladan, parlament deputatlari Rossiyadan uchuvchi Nadejda Savchenkoni ozod etishni talab qilib namoyish o‘tkazdi.

500dan ortiq namoyishchi Rossiyaning Ukrainadagi elchixonasiga bu borada prezident Vladimir Putin nomiga yozilgan petitsiyani topshirdi.

Nadejda Savchenko 2014 yil iyulida Ukraina hududidan Rossiyaga o‘g‘irincha olib chiqib ketilgan. Rossiyada uchuvchi ayol Ukrainadagi fuqarolar urushini yoritayotgan ikki rus jurnalistining o‘limida ayblanmoqda.

Hozirda sudlanayotgan Savchenkoga nisbatan 9 mart kuni hukm o‘qilishi mumkin. Prokuror ukrain uchuvchisiga 23 yillik qamoq jazosi so‘ramoqda. Savchenko o‘ziga bildirilgan ayblovni tan olmagan.

Sud Savchenkoni so‘nggi so‘zdan mahrum qilganidan so‘ng uchuvchi ayol 10 kunlik ochlik e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG