Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:05

Rossiyalik ekipaj boshqarib borayotgan An-26 yuk tashuvchi samolyoti qulab tushdi


Rossiyalik ekipaj boshqarib borayotgan An-26 yuk tashuvchi samolyoti Bangladeshda Bengal ko‘rfaziga qulab tushdi.

Sinxua agentligiga ko‘ra, halokat oqibatida rossiyalik bir uchuvchi nobud bo‘lgan. Ikkinchi rossiyalik uchuvchi og‘ir tan jarohati olgan. Ekipajning boshqa ikki a’zosi bedarak yo‘qolgan. Ular ham rossiyaliklar ekani xabar qilindi.

Halokat yuz bergan joyda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Uchoq mahalliy vaqt bilan ertalab 9 dan 5 daqiqa o‘tganda qulagan.

Aytilishicha, qulagan samolyot Bangladeshdagi True Aviation kompaniyasi mulki bo‘lgan. Uchoqdan dengiz mahsulotlari tashishda foydalanilgani xabar qilindi.

XS
SM
MD
LG