Линклар

logo-print

Bu haqda xabar qilgan O‘zA axborot agentligiga ko‘ra, “ITB Berlin” ko‘rgazmasida dunyoning turli mamlakatlaridan yuzlab firma va kompaniya ishtirok etyapti. Mazkur forum sayyohlik sanoatining ko‘plab zamonaviy yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, unda oilaviy sayohat, yoshlar turizmi, sayyohlik texnologiyasi, ekoturizm, badiiy va madaniy sayyohlik, sayyohlik biznesi, axborot texnologiyalari, kruiz, mehmonxona va restoran servisi, aviatashuv kabi yo‘nalishlarga oid o‘nlab bo‘limlar ishlab turibdi.

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasiga ko‘ra, mazkur xalqaro yarmarkada “O‘zbekturizm”, “O‘zbekiston havo yo‘llari”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” hamda o‘ndan ziyod xususiy kompaniya ishtirok etmoqda.

“O‘zbekturizm” o‘tgan yilning yozida O‘zbekistonga dunyoning 70 mamlakatidan yil sayin kamida 2 million sayyoh kelayotgani haqida xabar bergan edi.

Rasmiy ma’lumotga qaraganda, O‘zbekistonda sayyohlik xizmatining yillik daromadi 615 million dollarni tashkil qiladi. Sayyohlik sohasining ichki yalpi mahsulotdagi ulushi esa 2 foizga etgan.

O‘zbekistonda 500 turoperator, mehmonxona, motel va kempinglar sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Qiyoslash uchun Ozodlik aniqlashga muvaffaq bo‘lgan ma’lumot: 2014 yilda Qirg‘iziston hukumatining bildirishicha, mamlakatga 4 million sayyoh kelgan, Tojikiston rasmiylari 213 ming 265 sayyoh kelgani haqida ma’lumot bergan. Qozog‘iston hukumati esa 2014 yilda mamlakatga 5 million kishi sayyoh qatorida tashrif qilganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG