Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:11

Rog‘unda salafiycha nomoz o‘qigan o‘nlab odam hibsga olindi


Hibsga olinganlar yaqinlari¸ ularning salafiycha nomoz o‘qigani uchun olib ketilganini aytmoqda.
Hibsga olinganlar yaqinlari¸ ularning salafiycha nomoz o‘qigani uchun olib ketilganini aytmoqda.

Tojikistonning Rog‘un shahrida militsiya xodimlari kamida 15 odamni hibsga oldi. Hozircha bu harakat sababi rasman ochiqlanmagan bo‘lsa-da¸ hibsga olinganlar yaqinlari¸ ularning salafiycha nomoz o‘qigani uchun olib ketilganini aytmoqda.

Hozircha Rog‘unda hibsga olinganlarning na aniq soni va na ularning qaysi jinoyatda gumonlanaëtganiga oid rasmiy ma’lumot yo‘q. Tojikiston poytaxtidan 90 kilometrcha masofada joylashgan Rog‘unda hibsga olinganlar¸ Dushanbening Firdavsiy tuman Ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan.

Ushlanganlar yaqinlarining Ozodlik radiosiga bildirishicha¸ militsiya reydi davomida kamida 15 nafar erkak olib ketilgan.

Rog‘unning Qal’ai Nav qishlog‘idan bo‘lgan bu yigitlarning yaqinlari 9 mart kuni Firdavsiy tuman Ichki ishlar bo‘limi binosi oldida to‘planib¸ ushlanganlarning darhol ozod etilishini talab qildilar.

Ushlanganlar soni va ularning nima asosda hibsga olingani haqida ma’lumot berishdan bosh tortaëtgan rasmiylar¸ bu ma’lumot dastlabki tergov tugaganidan so‘ng e’lon qilinishini aytmoqda.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Jaloliddin Sadriddinovning Dushanbedagi Ozodlik muxbiriga aytishicha¸ hozirda ushlanganlar so‘roq qilinmoqda va dastlabki tergov tugagunga qadar ularga rasmiy ayblov qo‘yilmaydi.

Ayni paytda rasmiy¸ bir guruh rog‘unlikning sababsiz ushlanmaganini ham alohida ta’kidladi:

"Surishtiruv va savol-javoblar boshlandi. Eslatib o‘tishim kerakki¸ Salafiya tashkiloti Tojikistonda 2009 yildayoq noqonuniy deb e’lon qilingan va bu tashkilotga a’zo bo‘lganlarning har biri qonuniy javobgarlikka tortiladi”¸ dedi Ichki ishlar vazirligi rasmiysi.

Ayni paytda Sadriddinov¸ ushlangan rog‘unliklarning Salafiya tashkilotiga a’zolikda gumonlanib hibsga olingan-olinmaganini ochiqlashni istamadi.

Rog‘undagi hibslar arafasida Tojikiston Ichki ishlar vazirligi yoshlarning radikal-ekstremistik diniy oqimlarga qo‘shilishi oldini olish maqsadida “Faollar” guruhi tashkil etish va ular yordamida odamlarga mintaqaning a’anaviy Hanafiylik oqimidan kelib chiqib Islom ahkomlarini tushuntirishga qaror qildi.

“Ushbu guruh mamlakat huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda yoshlarning turli ekstremistik diniy guruhlarga qo‘shilishi oldini olish¸ aholi orasida davlat va hukumat¸ milliy qadriyatlarga qarshi gapirib¸nizo sochayotgan shaxslarni ushlash va ularni huquq tizimlariga topshirishda yordam beradi”¸ deyiladi vazirlik e’lon qilgan rasmiy baënotda.

“Faollar” guruhi tashkil etish taklifi o‘tgan hafta tojik imomlari¸ diniy ishlar bo‘yicha Qo‘mita va kuchishlatar tizimlari vakillarining o‘tgan hafta uyushtirilgan majlisida muhokama qilingan edi.

Suriya va Iroqdagi jihodiy guruhlar safiga qo‘shilayotgan tojikistonliklar soni ko‘paygani sari¸ Dushanbe hukumati ham o‘z fuqarolarining bu o‘lkalarga ketishi olidini olishga urinmoqda.

Taxminlarga ko‘ra¸ hozirda Suriyadagi terrorchi guruhlar safida mingga yaqin tojikistonlik bor.

XS
SM
MD
LG