Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:32

Eski pasporti bilan xorijda yurgan fuqaro O‘zbekistonga qaytishi lozim


O‘zbekistonning nobiometrik pasporti xorijda yaroqsiz hisoblanadi. Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, eski pasportni faqat chet eldan O‘zbekistonga qaytish uchun ishlatish mumkin. Boshqa barcha holatlarda nobiometrik pasportlar “muddati o‘tgan” hisoblanib, uni biror tashkilotga rasmiy hujjat sifatida taqdim qila olmaysiz.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, eski pasportlar joriy yil 1 yanvaridan boshlab xorijda mutlaqo yaroqsiz hisoblanadi. Faqat chet elda yurgan o‘zbekistonliklar qo‘lidagi eski pasportlar bilan vatanga qaytib kelishlariga ruxsat etilgan.

“O‘zbekiston IKAO - Xalqaro fuqaroviy avatsiya tashkiloti (ICAO — International Civil Aviation Organization)ga a’zo bo‘lgani uchun yuzaga kelgan vaziyatni hal qilish maqsadida shunday qilindi. Belgilangan muddatda yangi pasport ololmaganlar soni ko‘pligi bois IKAO bilan kelishgan holatda xorijdagi o‘zbekistonliklarning uyiga qaytishiga 12 fevraldan boshlab ruxsat etildi”, dedi boshqarma mutaxasisi.

Uning aytishicha, bu tartib faqat amal qilish muddati o‘tmagan nobiometrik pasportlargagina taalluqli.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, uning amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa, pasport egasining O‘zbekistonga qaytishi uchun ishlatilishii mumkin. Shuningdek, uchinchi davlatlar hududi orqali tranzit yo‘li bilan qaytishi uchun ham ishlatilishi mumkin. Bu o‘zgarishlar xorijdagi barcha davlatlarga etkazilgan”, deya bildirildi Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mutaxasisi.

Mutaxasisning aytishicha:

O‘zbekistonning nobiometrik pasportini ​boshqa barcha holatlarda xorij davlatlarida ishlatish mumkin emas.

“Eski pasportlar chet davlatlarda prosrochenniy hisoblanadi. 1 yanvardan boshlab ularni bilet olishdan tashqari boshqa narsalarga ishlatish umuman mumkin emas. Faqat O‘zbekiston ichkarisida 2018 yilning 1 iyuliga qadar haqiqiy hisoblanadi. Shu muddatgacha ularni yangi pasportlarga almashtirish shart”, deydi mutaxasis.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi nobiometrik pasportning O‘zbekistonga qaytish uchun ishlatilishiga ruxsat berilganinini 12 fevral kuni e’lon qilganidan so‘ng “Vatanga qaytish sertifikati” olish uchun elchixonalar oldida turgan turnaqator navbatlar yo‘qoldi.

Aksar muhojirlar sertifikatning bekor qilinganini eski pasportni barcha holatlarda ishlatish mumkin deb o‘ylayapti. Jumladan, bu borada Ozodlikka bo‘layotgan murojaatlarda Rossiyada ishlash uchun beriladigan ruxsatnoma, patentlar va boshqa hujjatlarni olish uchun eski pasportlar qabul qilinmayotganidan shikoyatlar bo‘layapti.

Mutasaddi boshqarma mutaxasisi bilan suhbatdan ma’lum bo‘lishicha, bu holatlarda o‘zbekistonliklarning shikoyatlari o‘rinsiz.

Nobiometrik pasportlar taqdiri borasida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘zbek muhojirlari bugungi kunda nima qilishini bilmay boshi qotgan.

Hatto ayrim “himoyachilar” o‘zbek muhojirlarini joriy yil 1 iyuliga qadar O‘zbekistonga qaytishga undayapti. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan quyidagi videoda o‘zbek muhojirlari 1 iyulga qadar O‘zbekistonga qaytmasa, ular fuqarolikdan mahrum qilinishi ta’kidlanayapti.

Москвадаги "Муҳожирлар уйи" ташкилоти раҳбарининг видео мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:50 0:00
Бевосита линк

Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mutaxasisi bilan suhbatdan ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 1 iyuligacha O‘zbekistonga qaytish shartligi haqida hech qanday ko‘rsatma yo‘q va xorijda yurgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lida muddati o‘tmagan nobiometrik pasporti bo‘lsa, 2018 yilning 1 iyuliga qadar vatanga qaytishi mumkin.

Demak, joriy yil 1 iyuligacha O‘zbekistonga qaytmaganlarning fuqaroligi bekor qilinishi haqidagi gap-so‘zlar mutlaqo asossizligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda 2011 yildan boshlangan biometrik pasportlarga o‘tish jarayoni 2015 yil dekabrida nihoyasiga yetishi bildirilgandi.

Biroq bu muddatda pasportlarini almashtirishga ulgurmaganlar soni ko‘pligi bois, eski hujjatlarning amal qilish muddati 2018 yil 1 iyulgacha uzaytirilgan.

Ozodlikning “Biometrik pasport: Ming bir savol va javob” sahifasi orqali biometrik pasport bo‘yicha ko‘plab savollaringizga javob topishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG