Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:29

Chechenistonga ketayotgan huquq faollari va jurnalistlar hujumga uchradi


Rossiyalik huquq faollari pichoq bilan qurollangan niqobli shaxslar hujumi natijasida xorijlik ikki jurnalist kasalxonaga yotqizilganini aytmoqdalar. Hujumchilar hadafi qo‘shni Ingushetiyadan Chechenistonga o‘tmoqchi bo‘lgan jurnalistlar va faollar guruhi bo‘lgan.

Rossiya Qiynoqlarning oldini olish qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, qo‘mita xodimlari va jurnalistlarga muhtamalan chechenistonlik bo‘lgan 20 chog‘li odam hujum qilgan paytda ular Ingushetiya hududida bo‘lgan.

Hujumchilar guruh mingan mikroavtobusni yoqib yuborganlar. Shved radiostansiyasi muxbiri Mariya Persson Lofgren va norvegiyalik jurnalist Oystayn Vindstat tan jarohati olganlar. New York Times nashrini tamsil etuvchi jurnalist Aleksandrina Elagina hujumchilar guruh a’zolarini “terrorchilar” deb atab, ularga o‘z hududidan daf bo‘lishni aytishgan.

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov va uning tarafdorlari “xorijiy agent” maqomi berilgan Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha qo‘mitani ochiqdan-ochiq qoralab kelganlar.

XS
SM
MD
LG