Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:06

Toliblar Hilmand viloyatidagi davlat idoralariga hujum qildi


Tolibon harakati janggarilari Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida joylashgan davlat muassasalariga hujum uyushtirdi. Bu viloyatda so‘nggi paytlarda toliblarning hukumat qo‘shinlari bilan to‘qnashuvlari ko‘paygan.

Hilmand viloyat gubernatori matbuot kotibi 9 mart kuni janggarilar Gereshkdagi politsiya va maxsus xizmatlar idoralariga hujum qilganlarini bildirdi. Mulozimga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari razvedka idorasiga qilingan hujum qaytarilgan.

Politsiya idorasiga uyushtirilgan xudkush hujum uchun mas’uliyatni Tolibon harakati zimmasiga oldi.

Hilmand viloyatidagi vaziyatni tekshirish uchun prezident Ashraf G‘ani tomonidan tayinlangan deputat Jabbor Qahramon politsiya bilan to‘qnashuv chog‘ida hujumchilardan kamida etti nafari o‘ldirilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, to‘qnashuv chog‘ida uch politsiyachi ham halok bo‘lgan.

Fevral oyi oxirida toliblar hukumat qo‘shinlarini Hilmand viloyatining Navzod va Musoqal’a tumanlaridan siqib chiqargandilar.

XS
SM
MD
LG