Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:07

Eron yana o‘rta masofali raketa sinovini o‘tkazmoqda


Qo‘shma Shtatlarning ogohlantiruviga qaramasdan, Eronning inqilob posbonlari korpusi o‘z kuchini ko‘rsatish uchun ikki kundan buyon ballistik raketalar sinovini o‘tkazmoqda.

Davlatga qarashli Tasnim axborot agentligining xabar qilishicha, inqilob posbonlari korpusi Eron shimolidagi tog‘lardan ikki raketa uchirgan. Mamlakat janubiy-sharqidagi nishonga etib borgunicha raketalar 1400 kilometr masofani uchib o‘tgan.

AQSh mulozimlari raketa sinovlari o‘tkazilganidan xabardor ekanlari va bu kabi sinovlar BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzishi mumkinligini aytmoqdalar.

Yanvar oyida Vashington 2015 yil oktyabrida o‘tkazilgan o‘rta masofali raketa sinovi bo‘yicha Eron raketa dasturiga aloqador shirkatlar va shaxslarga qarshi sanktsiyalar joriy qilgandi. Ayni paytda Oq uy bu raketa sinovlari Eron yadroviy dasturi bo‘yicha xalqaro bitimni buzmasligini bildirmoqda.

XS
SM
MD
LG