Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:07

O‘zbekiston o‘z mashinalari uchun yangi bozor qidirmoqda


“O‘zavtosanoat” shirkati Rossiya va boshqa postsovet hududi bozoridagi mavqeini saqlab qolish va bu mamlakatlarda o‘z mahsuloti savdosini oshirishga qartilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdi.

Shirkat matbuot xizmatining bildirishicha¸ shu maqsadda yil o‘rtalariga borib “Neksiya” rusumidagi mashinalar o‘rnini egallovchi “T-250” rusumidagi yangi avtomobllar ishlab chiqarish¸ “Matiz” avtomobillarini avtomatik boshqaruv¸ xavfsizlik yostiqchalari va navigatsiya tizimi kabi yangi texnologiyalar bilan jihozlash va “Spark” motorini kuchaytirish kabi loyihalar amalga oshiriladi.

Ayni paytda¸ shirkatga ko‘ra¸ O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun yangi bozor ham qidirilmoqda. O‘tgan yili Janubiy Afrika¸ Misr¸ Gabon, Angola, Kot-d'Ivuar, Kabo-Verde, Madagaskar va Gana kabi sakkiz Afrika davlatiga sinov partiyalari yuborilgan.

2016 yildan Iroq¸Liviya¸ Livan, Iordaniya, Tunis va Nigeriyaga ham O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan GM avtomobillarini sotish imkoni ochilgan.

XS
SM
MD
LG