Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:22

Mosul to‘g‘oni yorilsa¸ 1¸5 million odam o‘lishi mumkin


AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pouver Iroqdagi eng yirik Mosul to‘g‘oni zudlik bilan ta’mirlanmasa¸ uning buzilishidan misli ko‘rilmagan darajadagi falokat yuz berishidan ogohlantirdi.

AQSh tashabbusi bilan BMT da o‘tkazilgan yig‘inda Pouver Mosul to‘g‘oni yorilgan taqdirda Iroq shimolidagi 1¸5 millionga qadar odam o‘lishi mumkinligini bildirdi.

AQSh elchisiga ko‘ra¸ bu falokat oldini olish maqsadida qator choralar qo‘llanganiga qaramay¸ ehtimoliy suv toshqinlari dambani yuvib ketish ehtimoli kuchliligicha qolmoqda.

Islomiy davlat terror guruhi egallab turgan hududga yaqin joylashgan Mosul to‘g‘oni 1980 yilda qurilganidan beri unda yemirilish boshlangani qayd etilgan.

Iroq hukumati Italiyadagi shirkatlardan biri bilan muammoni hal qilishga qaratilgan shartnoma imzolagan¸ biroq italiyaliklar to‘g‘on ta’miri uni faqat vaqtincha ushlab turishga imkon berishini bildirgan.

XS
SM
MD
LG