Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:19

Iroqda IShIDning kimyoviy qurollar bo‘yicha asosiy eksperti ushlandi


AQSh va Iroq nashrlariga ko‘ra¸ maxsus kuchlar Iroq shimolida “Islomiy davlat” terror guhining kimyoviy qurollar bo‘yicha asosiy mutaxassisi qo‘lga olingan.

Iroq rasmiylarining G‘arb matbuotiga aytishicha¸ qo‘lga olingan shaxs Sulaymon Daud al-Afariy Saddam Husaynning Harbiy-sanoat tizimida kimyoviy va biologik qurollar bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlagan.

50 yashar al-Afariy IShIDning kimyoviy qurol yaratish dasturiga rahbarlik qilgan.

Hozircha Pentagon al-Afariyning qo‘lga olinganini tasdiqlamadi.

Taxminlarga ko‘ra¸ 2014 yildan beri IShID terrorchilari xantal gazi ishlatib kelmoqda.

8 mart kuni Iroq Kurdistoni rasmiylari IShID kurd qishloqlaridan biriga Katyusha raketalariga o‘rnatilgan kimyoviy vosita bilan hujum uyushtirganidan so‘ng¸ kamida 40 odamning zaharlanib¸ kasalxonaga yotqizilganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG