Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:54

Daraxt kesish navbati Samarqand va Buxoroga keldi


O‘zbekistonda daraxtlarini kesish davom etmoqda. Samarqand va Buxorodan Ozodlikka murojaat qilgan mushtariylarimizning yozishicha, keyingi kunlar ichida ikkala shahar markazlarida yuzlab daraxt yo‘q qilingan. Rasmiylar bu holatni qayta qurish va obodonlashtirish ishlari bilan izohlamoqda. Samarqand viloyati hokimiligidagi manbaning aytishicha, shahar markazidagi ikkita ko‘chada yo‘llar kengaytililayotgani bois, nafaqat daraxtlar, uylar ham buzib tashlanmoqda. Buxoroda ham qurilish ishlari bois daraxtlar kesilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Samarqandliklardan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, hozirda shahar markazidagi ko‘chalarda daraxtlar bitta qo‘ymasdan kesib tashlanmoqda.

“Chinorlarni kesish navbati endi Samarqandga keldi. Sobiq A.Ikromov, hozirgi Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida viloyat hokmining buyrug‘iga binoan 100 yillik chinorlar kesilyapti”, deya yozdi samarqandlik mushtariylarimiz.

Xabarda yana aytilishicha, Toshkentda asosan chinorlar yo‘q qilingan bo‘lsa, qadimiy poytaxt markazida chinorlarga qo‘shib, archa va mevali daraxtlar ham tag tugi bilan yo‘q qilinmoqda.

Ozodlikning Samarqand viloyat hokimligidagi manbasi bu xabarni tasdiqladi. Uning aytishicha, shahar markazidagi ikkita ko‘chada rejali qayta qurish va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani tufayli daraxtlarni kesishdan tashqari, yo‘l bo‘yidagi uylar ham buzib tashlanmoqda.

“Shahar markazidagi Buyuk Ipak Yo‘li va bir tomonlama harakatlanuvchi Orzu Mahmudova ko‘chalarida umumiy rekonstruktsiya ishlari rejaga ko‘ra olib borilyapti. Ikkala ko‘cha kengaytirilyapti shuning uchun bu ko‘chalardagi barcha daraxtlar, haqiqatan kesib tashlanmoqda. Bundan tashqari bu ko‘chalarda joylashgan binolar, jumladan turar joy uylari buzib tashlanib, qaytadan 2-3 qavatlik qilib qurish rejalashtirilgan”, deydi hokimlik mulozimi.

Samarqand marazidagi Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasida ham qayta qurish vaji bilan daraxtlar kesib tashlangan
Samarqand marazidagi Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasida ham qayta qurish vaji bilan daraxtlar kesib tashlangan

Uning aytishicha, ikkala ko‘chaning ikki tarafida o‘sgan jami 200 tupga yaqin daraxt kesib tashlangan. Lekin ularning o‘rniga qrim qarag‘ayi, kashtan va archa kabi daraxtlar ekiladi, deya ishontirdi mulozim.

Ozodlikning Samarqanddagi mobil muxbirining aytishicha, nafaqat Buyuk Ipak Yo‘li va Orzu Mahmudova ko‘chalari, balki shahar marazidagi Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasida ham qayta qurish vaji bilan daraxtlar kesib tashlangan.

Daraxtlar kesilayotgani to‘g‘risidagi xabar Buxorodan ham keldi. Buxorolik mushtariymiz o‘z xabariga elektr arra yordamida kesilayotgan daraxtlar tasviri tushirilgan videoni ham ilova qildi. Unda eman va archaga o‘xshash daraxtlar kesilayotagnini ko‘rish mumkin.

Бухоро марказида дарахтлар кесилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:20 0:00
Бевосита линк

Buxoro viloyati hokimligining o‘zini tanishtirmagan mulozimi, butun shahar bo‘ylab archa daraxtlari kesilayotgani, bunga daraxtlarga kasallik tushgani sabab bo‘lganini bildirdi.

“Buxoroda mojjevelnik daraxtlari kesib tashlanayapti, chunki ularga kasallik tushgan. Gribok (zamburug‘) kasali tushdi. Viloyat hokimi, karantin xizmatining xulosasi bor, kesib tashlansin, degan. Chunki boshqa daraxtlarga ham o‘tib ketishi mumkin. Faqat mojjevelnik kesilyapti. Eman, chinor kesilmayapti. Bizda chinorlar qolmagan, allaqachon kesib tashlangan. Markazda faqat mojjevelnik kesilyapti. Ayrim mikrorayonlarda qurilish ishlari ketyapti, u yerda atrof muxit idorasi ruxsati bilan kesilayotgan bo‘lishi mumkin”, dedi mulozim.

O‘zbekiston shahar va qishloqlarida keyingi bir necha yil davomida qayta qurish va obodonlashtirish bahonasida bir necha yuz yillik chinor va boshqa daraxtlar ommaviy tarzda kesilmoqda. Bu holat o‘zbekistonliklar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, so‘nggi bir necha oy ichida Toshkentning bir necha dahasida chinorzorlarning yo‘q qilinishiga qarshi mahalliy aholi keskin nrorozilik bildirdi.

Yanvar oyida toshkentliklar shaharda chinorlarning kesilishiga qarshi O‘zbekiston hukumatiga petitsiya bilan murojaat qilgan bo‘lsa, o‘tgan oyda Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylar o‘rtasidagi chinorlarning kesilishiga qarshi mahalliy aholi ko‘chaga chiqdi.

Mazkur holat ijtiomiy tarmoqlar hamda Ozodlikda yoritilishi natijasida, Chilonzorda daraxtlarning yo‘q qilinishi ortida “Murad Buildings” developerlik shirkati turgani fosh bo‘ldi. Shundan keyin mazkur shirkat rahbari Murod Nazarov har bir kesilgan chinor uchun tovon puli to‘lashga tayyorligini bayon qildi. Ijtimoyi tarmoqlarda paydo bo‘lgan iddaolarga ko‘ra, “Murad Buildings” egasi shu kunlarda kesilgan daraxtlar o‘rniga yangilarini ekmoqda.

O‘tgan hafta Toshkent shahrida o‘tkazilgan mebel ko‘rgazmasida chinordan yasalgan anjomlarning qo‘yilgani, kesilgan daraxtlardan kimlardir foyda ko‘rmoqda, degan taxminlarga sabab bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG