Линклар

O‘zbekiston Moliya vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan raqamlarga ko‘ra¸ 2015 yilda mamlakat byudjetining daromad qismi 36 trillion 492,7 milliard so‘mni, xarajatlar qismi esa 36 trillion 289,8 milliard so‘mni tashkil etgan va byudjet profitsiti 202,9 milliard so‘m¸ yoki yalpi ichki mahsulotning 0¸1 foizidan iborat bo‘lgan.

O‘zbekiston Davlat Statistika qo‘mitasiga ko‘ra¸ mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2015 yilda 8 foizga o‘sgan va 171,369 trillion so‘mni tashkil etgan.

Moliya vazirligi iddaosicha¸ soliq imtiyozlarini saqlab qolgan holda¸ byudjetning daromad qismini oshirish soliq yig‘ishning yaxshilangani bilan izohlanadi.

2016 yilgi O‘zbekiston byudjeti yalpi ichki mahsulot hajmining bir foizi miqdoridagi defitsit bilan qabul qilingan.

XS
SM
MD
LG