Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:56

Savchenkoga Poroshenko nomidan yuborilgan xat soxta bo‘lib chiqdi


Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning Rossiya qamog‘ida qolayotgan ukrain uchuvchisi Nadejda Savchenkoga ochlikni to‘xtatishni so‘rab yozgan xati soxta bo‘lib chiqdi. 3 martdan beri ochlik e’lon qilgan Savchenko shu xatni olganidan so‘ng 10 martdan ochlikni to‘xtatib¸ suyuqlik icha boshladi.

Ukraina prezidenti matbuot xizmati Nadejda Savchenkoga prezident Poroshenko tarafidan hech qanaqa xat jo‘natilmaganini bildirdi.

- Prezident harbiy xizmatchi Savchenkoga qo‘llab-quvvatlov so‘zlarini uning opasi va onasi orqali yo‘llagan, lekin hech qanaqa xat jo‘natmagan, - deyiladi Ukraina prezidenti matbuot xizmatining 10 mart kungi bayonotida.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko nomidan yo‘llangan soxta maktubda: “Bizga sog‘lom Savchenko kerak. Ukraina qahramoni, xalq deputati, ozodligimiz ramzi bo‘lgan ayolning tez kunda uyida bo‘lishini istaymiz. Hukumat tarkibida sizni kurishni xohlaymiz”, - degan so‘zlar yozilgan.

Ayni paytda “Leksus” raqabli rossiyalik pranker Aleksey Stolyarov ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoga prezident Poroshenko nomidan yuborilgan maktubni o‘zi yozganiga iqror bo‘ldi.

Nadejdani vakillariga Ukraina hukumati nomidan chiqib, u ochlikni to‘xtatishi kerakligini aytdik. Nadejdani almashtirishga tayyorligimiz, buning uchun uchuvchi birinchi navbatda aybiga iqror bo‘lishi lozimligini etkazdik. Lekin uning advokatlari bunga rozi bo‘lmadi, - dedi "Leksus" LifeNews muxbiriga.

Ukrain uchuvchisining advokati Mark Feygin soxta xat o‘yinini Rossiya mahsus xizmatlarining Savchenko va Ukraina hukumatini obro‘sizlantirishga qaratilgan fitnasi, deb atadi.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko 9 mart kuni haqiqatan ham Nadejda Savchenkoni vataniga qaytarish uchun uni ayirboshlashga tayyorligini bildirdi.

- Men Ukraina prezidenti sifatida konstitutsiyaviy huquqlarimdan foydalangan xolda Nadejdani tezroq uyiga qaytishi uchun barcha imkoniyatdan foydalanishga tayyorman, - dedi Prorshenko

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina prezidentining bu chaqirig‘ini kremldagilar eshitgani, lekin vaziyat borasida izoh berolmasligini aytdi.

9 mart kuni Rostov viloyati Donetsk shahar sudida Nadejda Savchenko so‘nggi chiqish qildi.

U o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni ham, Rossiya mahkamasini ham va bu mahkama chiqaradigan hukmni ham tan olmasligini aytdi.

Mahkama hukmining 21-22 mart kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Qotillikka aloqadorlikda ayblanaëtgan Savchenko 23 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG