Линклар

logo-print

Kelayotgan dam olish kunlari, ya’ni 12 va 13 martda O‘zbekistonda hayriya umumxalq hashari o‘tkaziladi.

Hashar Vazirlar mahkamasining 4 martdagi mart - aprelni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish oylari sifatida e’lon qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi doirasida o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda har yili Navro‘z va Mustaqillik kuni arafasida umumxalq hasharlarini o‘tkazish an’anaga aylangan. Hayriya hasharlarida har yili kamida 10 million o‘zbekistonlik ishtirok etishi aytib kelinadi.

Hashardan tushgan daromadlar esa hayriya tashkilotlariga o‘tkazilishi aytib kelinadi. Lekin shu kungacha birorta rasmiy tashkilot mazkur hasharlardan qancha mablag‘ tushgani va bu mablag‘ qaysi sohalarga yo‘naltirilgani haqida aholiga hisobot bergan emas.

XS
SM
MD
LG