Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:05

Navro‘z arafasida O‘zbekistonda 7 million ob’ektning xavfsizligi tekshirildi


O‘zbekistonda Navro‘z bayrami arafasida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Bu haqda 10 mart kuni O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Tursunpo‘lat Toshpo‘latovning agentlikka bildirishicha, barcha hududlarda Navro‘z tantanalari xavfsizlik talablariga javob beradigan joylarda o‘tkaziladi. Tantanalar o‘tkaziladigan joylar avvaldan maxsus xizmatilar, ichki ishlar xodimlari tomonidan tekshiriladi. Shundan so‘ng tekshirilgan hududda jamaot tartibini saqlash bo‘limi, yong‘in xavfsizligi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash xodimlaridan iborat guruhlar navbatchilik qiladi.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, bugungi kunda respublikaning barcha shahar va qishloqlarida aholi o‘rtasida ogohlik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tursunpo‘lat Toshpo‘latov shu kungacha 7 million ob’ekt tekshiruvdan o‘tkizilgani, 192 ming ob’ektda xavfsizlik choralari bo‘yicha topilgan kamchiliklar bartaraf etilganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG