Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:46

ID qo‘mondonining otasi o‘g‘li o‘ldirilganiga ishonmasligini aytdi


“Islomiy davlat” guruhining“mudofaa vaziri” bo‘lgan Umar al Shishoniyning o‘ldirilgani to‘g‘risidagi xabarlarga uning otasi Timur Batirashvili ishonmasligini aytdi.

Timur Batirashvili 10 mart kuni gruzin jurnalistlariga bergan suhbatida “o‘g‘limning o‘limi to‘g‘risida juda ko‘p marta xabar tarqatilgan, ammo har safar bu xabarlar yolg‘on bo‘ilb chiqqan”, deb aytdi. Timur Batirashvili uning oilasi har kuni o‘g‘lining o‘limini kutayotganini, Umar al Shishoniy Suriyaga ketganidan so‘ng oila a’zolari undan yuz o‘girganini ham ta’kidladi.

Ayrim manbalar Shishoniy havo zarbasi paytida yaralanganini va ayni paytda kasalxonada davolanayotganini bildirmoqda. Biroq bu xabar hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Umar al Shishoniy tahallusi bilan mashhur bo‘lgan “Islomiy davlat” guruhi qo‘mondoni Tarxan Batirashvili 4 mart kuni Suriyada AQSh tomonidan berilgan havo zarbasi paytida o‘ldirilgani haqida Vashington 8 mart kuni xabar tarqatgan edi. Shishoniy Gruziyaning Pankis vodiysida tug‘ilib o‘sgan etnik chechendir.

XS
SM
MD
LG