Линклар

logo-print

Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida payshanbaga o‘tar kechasi sodir etilgan otishmada bir kontrabandachi o‘ldirildi, ikki kontrabandachi yaralandi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari boshqarmasi xabar berdi.

Otishma Hamadoniy chegara otryadi hududida yuz bergan. Afg‘onistonning Tohar viloyati tomonidan Tojikistonga o‘tishga harakat qilgan 6-7 kishidan iborat guruh tojik chegarachilarining qurollarni topshirish to‘g‘risidagi talabini bajarmay, o‘q uza boshlagan.

Kontrabandachilardan bir nafari o‘ldirilganidan so‘ng, guruhning qolgan a’zolari Afg‘onistonga chekingan. Voqea joyidan 50 kilo nasha va bitta Kalashnikov avtomati topilgan.

XS
SM
MD
LG