Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:14

Obama: Ukraina Rossiya bosimiga qarshi tura oladigan darajaga erishmoqchi


AQSh prezidenti Barak Obama 10 mart kuni “Atlantik” jurnaliga bergan intervyusida Ukraina “Rossiya harbiy bosimiga qarshi tura oladigan darajaga erishish”ga harakat qilayotgani va bu harakat Qo‘shma Shtatlar siyosatiga bog‘liq emasligini aytdi.

Obamaga ko‘ra, Ukraina AQShning birinchi galdagi manfaat doirasida emas. Prezident Ukraina Rossiya manfaati doirasida bo‘lgani uchun ham Moskva mazkur mintaqada vaziyat keskinlashgan paytda har doim etakchi bo‘lishi tabiiy ekanini ta’kidladi.

"Putinning Ukrainadagi harakatlari satellit davlat uning ta’siridan chiqmoqchi bo‘lganiga nisbatan reaktsiyadir. Putin bu davlatga nisbatan nazoratni saqlab qolish uchun improvizatsiya qilmoqda”, deb aytgan Barak Obama.

Obama, shuningdek, Putin Rossiyaning dunyo hamjamiyatidagi pozitsiyasi zaiflashganini tushuna boshlaganini ham aytib o‘tdi. Uning fikricha, Putinning tashqi siyosatdagi xatolari ortidan Rossiya katta ziyon ko‘rmoqda.

AQSh prezidenti Rossiya va Xitoy haqida gapirar ekan, muvaffaqiyatli rivojlanayotgan Xitoydan emas, zaif va doim qo‘rquv ostida bo‘lgan Xitoydan qo‘rqish kerakligini aytdi. Obamaga ko‘ra, zaif Rossiya ham dunyo uchun tahdiddir.

XS
SM
MD
LG