Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:16

O‘zbekistonda “Navoiazot” va “Qizilqumsement” shirkatlari savdoga qo‘yildi


O‘zbekiston hukumati mamlakatdagi “Navoiazot” va “Qizilqumsement” shirkatlarining davlat ulushini sotuvga qo‘ydi.

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasiga ko‘ra, “Navoiazot” korxonasi hissalarining boshlang‘ich bahosi 200,901 million AQSh dollari, “Qizilqo‘msement” shirkatiniki esa 160 658 567 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

Savdolar 16 martda boshlanishi va korxona xaridorlari 15 aprelda aniq bo‘lishi aytilmoqda.

Hukumat korxonalarni sotib, mamlakatga xorij sarmoyadorlarini jalb etishni maqsad qilgan.

Bundan oldin "Farg‘onaazot", "Urganch ekskavator" zavodi, "Jizzax akkumulyator" zavodi, "Aloqabank", "Turonbank", "O‘zagrosug‘urta" shirkatlarining davlatga tegishli aksiyalari ochiq savdoga qo‘yilgandi.

Kuzatuvchilar esa O‘zbekiston xalqaro sarmoyadorlar uchun noqulay mamlakat ekanini aytib kelishadi.

XS
SM
MD
LG