Линклар

Fransiyada ikki nafar qiz konsert zaliga hujum rejalaganlikda gumonlanib hibsga olindi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 15 va 17 yoshli qizlar "Feysbuk" ijtimoiy tarmog‘ida "Bataklan" teatriga qilingan noyabr oyidagi teraktlarga o‘xshash hujum rejasi borasida ma’lumot almashishganlaridan so‘ng qo‘lga olingan.

Ismlari oshkor etilmayotgan qizlarga juma kuni jinoiy til biriktirish ayblovi e’lon qilindi.

Qo‘lga olish payti qizlarni yonidan qurol topilmagan. Mazkur ish bo‘yicha yana ikki qiz so‘roq qilingan va qo‘yib yuborilgan.

Fransiya o‘tgan yil noyabr oyidagi 130 odam o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchilik hujumlaridan so‘ng xavfsizlik choralarini kuchaytirgan edi.

XS
SM
MD
LG