Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:01

O‘zbekistonda avtomobil oldi-sotdisi osonlashtiriladi


O‘zbekiston Davlat Raqobat qo‘mitasi mulozimlari mamlakatda avtomobil oldi-sotdisi osonlashtirilishi va xaridorlar o‘zlari istagan avtomobilni 90 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida qo‘lga kiritishlari mumkinligini aytishmoqda.

Joriy tartibga muvofiq o‘zbekistonlik haridorlar mashinalarni olish uchun avtomobilga belgilangan summaning 85 foizini AQSh dollarida oldindan to‘laydi. Mashina tayyor bo‘lganidan keyin qolgan 15 foizini beradi.

Bu davr ichida mashina qimmatlagan bo‘lsa xaridor qimmatlagandan keyingi ustamasini ham to‘lashi kerak bo‘ladi.

Qo‘mita rasmiylariga ko‘ra, bu iste’molchilar hamyoniga zarar bo‘lmoqda va bu tartib qayta ko‘rib chiqiladi.

Lekin, o‘zgarishlar qachondan amalga ko‘chishi borasida O‘zbekiston Davlat Raqobat qo‘mitasi mulozimlari hech narsa aytishmadi.

GM Uzbekistan yiliga 200 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarmoqda. So‘nggi yillarda bu mashinalarning Rossiyada sotilishi sezilarli kamaydi.

XS
SM
MD
LG