Линклар

Rossiya shimolidagi Arxangelsk viloyati qamoqxonasida o‘tirgan 32 yoshli o‘zbekistonlik mahbusni ham biometrik pasport muammosi o‘ylantirmoqda. To‘rt yil avval o‘g‘irlikda ayblanib, yetti yilga qamalgan sirdaryolik Sobit Qadamov juma kuni o‘zi o‘tirgan Arxangelskdagi qamoqxonadan Ozodlikka qo‘ng‘iroq qilib, o‘zi bilan ellikdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qamoqda ushlab turilayotgani va ular vatanlariga qaytishlari uchun biometrik pasport bilan ta’minlanishlari kerakligini aytadi.

Sirdaryoning viloyatining Sayhunobod tumanidan bo‘lgan Sobit Qadamov qamoq muddati 2018 yil ohirida tushashi, ungacha eski pasportining amal qilish muddati ham o‘tib ketishi va O‘zbekistonga muddati o‘tib ketgan pasport bilan qanday qaytishi o‘ylantirayotganini aytdi.

- Bitta men emas bu yerda. Boshqa o‘zbekistonliklar ham bor. Ularning ba’zilari qamoqda uch-to‘rt yildan buyon yotibdi. Hammasida eski pasport. Biometrik olmagan. O‘zbekiston elchixonasi qiziqmaydi. Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va hatto Turkmaniston elchixonalari ham o‘zini odamlarini olib ketyapti, o‘zini qamog‘iga o‘tkazyapti. O‘zbekiston elchixonasi esa, bizga javob ham qaytarmaydi, - deydi Arxangelskdagi qamoqdan Ozodlikka qo‘ng‘iroq qilgan o‘zbekistonlik mahbus.

O‘zbekistonda 2011 yildan boshlangan biometrik pasportlarga o‘tish jarayoni 2015 yil dekabrida nihoyasiga yetishi aytilgandi.

Biroq bu muddatda pasportlarini almashtirishga ulgurmaganlar soni ko‘pligi bois, eski hujjatlarning amal qilish muddati 2018 yil 1 iyulgacha uzaytirildi.

O‘zbekiston elchixonasi rasmiydari uzurli sabablarga ko‘ra pasportini muddati o‘tib ketgan fuqarolari 2018 yil 1 iyulidan keyin vatanga qaytish sertifikati bilan O‘zbekistonga qaytishlari mumkinligini aytishmoqda.

XS
SM
MD
LG