Линклар

logo-print

Iroq hukumatining aytishicha, “Islomiy davlat” (ID) jangarilari 12 mart kuni mamlakat shimolidagi Kirkuk shahri yaqinida kimyoviy hujumni sodir etganlar.

Iroq rasmiylariga ko‘ra, Taza shaharchasida qo‘llanilgan zaharli kimyoviy modda ID jangarilariga qarshi kurashayotgan shia qurolli guruhi a’zosining uch yashar qizini halok etgan.

Iroq rasmiylarining iddao qilishicha, Taza shahrida qo‘llanilgan kimyoviy quroldan 600ga yaqin odam jarohat olgan.

O‘sha kuni Taza oqsoqollari bilan uchrashgan Iroq bosh vaziri Haydar Abodiy hujum “javobsiz qolmaydi”, beb aytdi.

Iroq kurd rasmiylarining da’vo qilishicha, ID jangarilari Taza shahrini 8 mart kuni “Katyusha” raketalari bilan bombalagan va unda ham “zaharli moddalar”dan foydalanilgan.

Kirkukdan taxminan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Taza kurdlar tomonidan nazorat qilinadi va bu shaharchada shia musulmonlari yashaydi.

XS
SM
MD
LG