Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:12

O‘zbekistonda yangi musiqiy telekanal ochiladi


Sayyod.com saytining norasmiy manbalarga tayanib xabar berishicha, O‘zbekistonda “Zo‘r TV” nomli telekanal ishga tushish arafasida turibdi.

Asosan yoshlarga mo‘ljallangan va musiqiy yo‘nalishda bo‘lishi kutilayotgan ushbu kanal “Vodiy Sadosi” radiosi rahbariyati tomonidan ochilayotgani xabar qilinadi.

Telekanal o‘zining ilk ko‘rsatuvlarini sinov tartibida yaqin kunlarda efirga uzatishi ma’lum qilingan.

“Vodiy Sadosi” radiosi 25 yil muqaddam O‘zbekistonnig Farg‘ona vodiysida ish boshlagandi.

XS
SM
MD
LG