Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:56

Moskvada BMTinson huquqlari byurosi yopilayotgani tasdiqlandi


Rossiyaning Jenevadagi diplomatik missiyasi Moskvada BMTning inson huquqlari byurosi yopilayotganini tasdiqladi.

Avvalroq Rossiya axborot agentliklari Rossiya hukumati BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligining Moskvadagi vakolatxonasii yopishga qaror qilgani haqida xabar tarqatgan edi.

Rossiyaning Jenevadagi diplomatik missiyasi rahbari Aleksey Borodavkin, mazkur byuro Rossiyada fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgani va bu bilan o‘z missiyasini bajarib bo‘lganini aytib, “byuroning yopilishidan ajablanish kerak emasligi”ni ta’kidladi.

BMTning Moskvadagi inson huquqlari byurosi Rossiyada huquq faollari, muxolifat, jurnalistlar va fuqaroollik jamiyatga qarshi bosimlar kuchaygan bir paytda yopilmoqda.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al Husayn Moskvaning byuroni yopish to‘g‘risidagi qaroridan tashvish bildirgan.

XS
SM
MD
LG