Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:49

O‘zbek avtomashinalari Rossiyada ko‘proq sotila boshladi


O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mashinalar Rossiyada fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 25 foizga ko‘p sotildi.

Yevropa avtomobil biznesi assotsiatsiyasining bildirishicha, fevral oyida Rossiyada GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan 1 586 dona mashina sotilgan. Mazkur ko‘rsatkich yanvar oyiga nisbatan 25 foizga ko‘p, biroq o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga ozdir.

Yanvar - fevral oylarida Rossiyada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 2 855 ta mashina sotilgan.

O‘tgan yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashinalarning Rossiya bozorida sotilishi 2014 yilga nisbatan 55 foizga kamayib ketgan edi.

XS
SM
MD
LG