Линклар

O‘zbekiston va Qozog‘iston Sirdaryodan suv bo‘lishtirish masalasida kelishib oldi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Bakitjon Sagintaev ma’lum qildi.

Markaziy Osiyo yangiliklar xizmatining bildirishicha, O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligi bo‘yicha davlatlararo komissiyasining 15-yig‘ilishida tomonlar suv masalasini muhokama qilgan.

Janubiy Qozog‘iston viloyatining fermerlariga Sirdaryodan belgilangan me’yordan kam hajmida suv berilishi ortidan qozoq tomoni katta ziyonga uchrayotgan edi. Bakitjon Sagintaev O‘zbekiston joriy yildan Janubiy Qozog‘iston viloyatiga to‘la miqdorda suv berishni va’da qilganini aytdi.

Xabarda davlatlararo komissiya yig‘ilishi qachon va qaerda o‘tgani aytilgan emas.

XS
SM
MD
LG