Линклар

Eron neft qazib olishni yanvar oyi darajasida muzlatish bo‘yicha Rossiya va Saudiya Arabistoni bitimga qo‘shilmasligini bildirdi. Rossiya va Saudiyaning mazkur tashabbusiga neft qazib oluvchi bir qator davlatlar ham qo‘shilgan bo‘lib, bundan ko‘zlangan maqsad neft narxining yanada tushib ketishi oldini olish edi.

Yakshanba kuni Eron neft vaziri Bijan Namdar Zanganiy neft qazib olish kuniga 4 million barrelga ko‘paytirilishini va neft qazib oluvchi boshqa davlatlar Tehronni “bezovta qilmaslgi zarur”ligini aytdi.

Zanganiy Eron xalqaro sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng neft bozoridagi o‘z ulushiga ega bo‘lishga harakat qilayotganini ta’kidladi.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Eron kuniga 2 million 800 mingdan 3,5 million barrelgacha bo‘lgan hajmda neft qazib oladi.

Jahonning ikki yirik neft qazib oluvchi davlati – Rossiya va Saudiya Arabistoni neft ishlab chiqarishni 2016 yil yanvar oyi darajasida muzlatib qo‘yishga 16 fevral kuni kelishib olgan.. Bu kelishuvga Venesuela va Qatar ham qo‘shilgan.

O‘tgan yilning iyun oyidan to shu kungacha neftning jahon narxi 70 foizga arzonlab ketdi.

XS
SM
MD
LG