Линклар

Bugun Jenevada Suriyadagi qurolli konfliktni tinch yo‘l bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichi boshlanadi.

BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bugun boshlanadigan so‘zlashuvlarni “tinchlik o‘rnatish bo‘yicha mazmunli muzokaralarning boshlanishi” sifatida ta’rifladi.

Avvalroq Suriya hukumati muzokaralarda mamlakat prezidentligiga saylov o‘tkazish masalasi muhokama qilinishiga qarshi ekanini bildirgan. AQSh va Fransiya Suriya prezidentining himoyachisi bo‘lgan Rossiya hamda Erondan Bashar Assadni bu masala muhokama qilinishiga ko‘ndirishni iltimos qilmoqda.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 13 mart kuni Parijda Fransiya, Germaniya, Britaniya, Italiya tashqi ishlar vazirlari va Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha mutasaddisi Mogerini bilan uchrashib, BMT egidasi ostida 14 mart kuni Jenevada boshlanishi kutilayotgan Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar yuzasidan maslahatlashuv o‘tkizdi.

Jenevada o‘tadigan muzokaralarda Suriya prezidenti Bashar Assad hukumati va qurollangan muxolifat vakillari ishtirok etadi.

XS
SM
MD
LG