Линклар

Toshkent traktor zavodida joriy yil oxirigacha 1000ta paxta terish mashinasini ishlab chiqarish mo‘ljallangan.

Buning uchun “O‘zagroprommashxolding” 98,5 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratdi.

Ikki yilga mo‘ljallangan loyiha doirasida paxta terish mashinalaridan tashqari 5 ming dona traktor, 2 ming dona pritsep ham ishlab chiqarish rejalangan.

O‘zbekistonda bugungi kunda paxtaning hammasi qo‘l bilan teriladi. O‘tgan yil paxta terimiga shifokoru o‘qituvchilardan tortib, ishchi, xizmatchi, talabalar, olimlar ham jalb qilindi.

Agar mamlakatda terim mashinalari ishlab chiqarish rivojlansa, yaqin kelajakda paxta terimidagi qo‘l mehnatidan va ortiqcha xarajatdan qutilish umidlari borligi aytilayapti.

XS
SM
MD
LG