Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:22

Ryazanda ommaviy mushtlashuvda qatnashgan o‘zbeklar hibsga olindi


Juma kuni Rossiyaning Ryazan shahridagi «Premyer» savdo markazining avtomobillar turar joyida ommaviy mushtlashuv uyushtirgan 40 nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi.

CA-NEWS ma’lumotiga ko‘ra, ushlanganlarning barchasi qurilish tashkilotlari ishchisi bo‘lib, ular 10 sutkaga hibs qilingan.

Mushtlashuv bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etayapti. Hozirda jinoiy ish ochish yoki ochmaslik masalasi ko‘rilmoqda.

Guvohlarga ko‘ra, 40 nafar o‘zbekistonlik ikki guruhga bo‘linib, ommaviy mushtlashgan. Mushtlashuv payti mahalliy yigitlardan biri jarohat olgani aytilayapti.

XS
SM
MD
LG