Линклар

logo-print

Rossiyada FSB (Federal xavfsizlik xizmati)ning sobiq xodimi O‘zbekiston fuqarolari bilan birgalikda muhojirlarni nolegal joylashtirish uchun jinoiy guruh tuzgani aniqlandi.

LifeNewsning huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, yozishicha, jinoiy guruh Tatariston va Orenburg viloyati hududida noqonuniy tayyorlangan migratsiya kartalarini horijliklarga pullash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruhga Orenburg viloyati FSB boshqarmasi sobiq xodimi, 53 yashar mayor Yevgeniy Shurishev boshchilik qilgan. Uning “o‘ng qo‘li” vazifasini o‘zbekistonlik Shohista O‘rinbaeva bajargan. Hozirda O‘rinboeva yashirinishga uringan. Unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Jinoiy guruh Rossiyada yashash huquqini beruvchi, pasportga bosiladigan shtampni 1000 rublga, ishlash uchun patentni esa 20 ming rublga pullab kelgan.

Shuningdek, guruh a’zolari rus tilidan imtihon bo‘yicha sertifakatlarni ham qalbakilashtirib kelishgan.

Ushbu guruh a’zolariga nisbatan «Noqonuniy migratsiya tashkiloti» moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov-surishtiruv ishlari davom etayapti.

XS
SM
MD
LG