Линклар

Toshkent shahar prokurori ishdan olinib o‘rniga MXX raisining qarindoshi qo‘yildi


Manbaning aytishicha¸ asosiy "kuklovod" (qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi. -tahr) bo‘lgan Mir’alam Mirzaev Ahatovich bundan oldin 2010 yilda shahar prokurori Badriddin Valievni ham ishdan ketkazib, bir muddat I.O. (vaqtincha vazifasini bajaruvchi. -tahr) bo‘lib turgan.

Manbaning aytishicha¸ asosiy "kuklovod" (qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi. -tahr) bo‘lgan Mir’alam Mirzaev Ahatovich bundan oldin 2010 yilda shahar prokurori Badriddin Valievni ham ishdan ketkazib, bir muddat I.O. (vaqtincha vazifasini bajaruvchi. -tahr) bo‘lib turgan.

Ozodlikka bugun ma’lum bo‘lishicha 11 mart kuni Toshkent shahar prokurori Obidov Mirzohid Hayotovich egallab turgan vazifasidan ozod qilingan. Uning o‘rniga Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Mira’lam Mirzaev vaqtincha shahar prokurori vazifasini bajaruvchi qilib tayinlandi. Ishdan olingan prokuror Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosar qilib jo‘natildi.

O‘tgan yili prezident qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist» faxriy unvoni berilgan Obidov O‘zbekiston xokimlari shtat jadvaliga yaqinda qo‘shilgan “avtonom muovin” vazifasiga tayinlanganini Ozodlik manbasi ma’lum qildi.

Obidovning o‘rniga vaqtincha qo‘yilgan Mira’lam Mirzaev O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatovga xotini tarafdan qarindosh bo‘ladi.

Ozodlik manbasining aytishicha¸ "1999 yildan beri Toshkent shahar prokuraturasida ishlab kelayotgan Mira’lam Mirzaev amalda shahar prokuraturasining ko‘lankadagi asosiy rahbari bo‘lgan"

Manbaning aytishicha¸ asosiy "kuklovod" (qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi. -tahr) bo‘lgan Mir’alam Mirzaev Ahatovich bundan oldin 2010 yilda shahar prokurori Badriddin Valievni ham ishdan ketkazib, bir muddat I.O. (vaqtincha vazifasini bajaruvchi. -tahr) bo‘lib turgan:

- Mira’lam SNB raisining marhum pochchasi Ahat Mirzaevning o‘g‘li bo‘ladi. Prokuratura organlaridagi chiylashlarni asosan shu kishi qiladi. Jumladan, Toshkent shahri prokurorining birinchi o‘rinbosari Mir’alam Mirzaevni poytaxtning amaldagi prokurori ham deyishadi. Toshkentdagi birorta katta razbor bu kishining ishtirokisiz o‘tmaydi, deydi manba.

Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ 2010 yil 9 martdan beri shahar prokurori bo‘lib ishlab kelgan Mirzohid Obidovnng ”ketkizilishi” ortida ham “Vsemoguchiy kuklovod Mira’lam Mirzaev turibdi”.

Obidov O‘zbekiston Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi joriy yilning 24 fevralidagi Bosh vazir qarori bilan viloyat hokimlarining joylardagi mutlaq hukmronligiga chek qo‘yishni ko‘zlagan “xokim o‘rinbosari” lavozimiga tayinlangan.

XS
SM
MD
LG