Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:57

Toshkentlik ayol: Umrani 3 yildan beri kutyapman, Hajni 148 yil kuting, deyishgan


Samarqandliklar Haj amallarini bajarish uchun Makkaga jo‘nab ketishmoqda
Samarqandliklar Haj amallarini bajarish uchun Makkaga jo‘nab ketishmoqda

Shu kunda O‘zbekistonda 5 ming 500 kishini Umra ziyoratiga jo‘natish jarayoni davom etmoqda. Respublikaning turli viloyatlaridan guruhlarga jamlangan ziyoratchilarning ilk guruhi 15 fevral kuni ketgan, so‘nggisi 26 mart kuni kuzatiladi. Bu yil ziyoratga borishni umid qilganu, ammo borolmay qolgan tinglovchilardan Ozodlikka kelayotgan shikoyatlar ham ko‘paymoqda.

Rasmiy matbuotda berilgan xabarlarga ko‘ra, bir oy davomida Umra ziyoratiga boradigan o‘zbekistonliklarga Saudiya Arabistonida 8 ishchi guruh, 8 oshpaz va 27 nafar shifokor xizmat ko‘rsatmoqda.

Safar 10 kun davom etadi va qaytgan ziyoratchilar o‘rniga yana yangi guruh jo‘natiladi.

Toshkent shahri Uchtepa tumanida istiqomat qiladigan 61 yashar Shoira Sodiqbekova 2013 yildan buyon Umra safariga borish uchun navbatda turganini, ammo hanuz borolmaganini aytmoqda.

Bu ayol Haj ziyoratiga borish uchun 148 yil navbat kutishi aytilganida Ozodlikka shikoyat qilgan edi va o‘shanda muxbirlar Toshkent shahar hokimiyati, Diniy qo‘mita mulozimlari bilan bog‘langan edi.

Rasmiylar bu ayolning shikoyatini ko‘rib chiqishi va ijobiy chora ko‘rishini aytgan. Ammo, oradan bir yil o‘tib bog‘langan muxbir hech o‘zgarish bo‘lmaganidan xabar topdi.

- Hajga hali ham 148-navbatda turibman. Navbatingiz kelsa, borasiz, deyishyapti. Umraga esa bu yil navbatim keladi, deb kutgan edim. Lekin, kelmadi, keyingi yilga qoldi. Men 25, o‘g‘lim 26-navbatga mahallada yozilganmiz. Uch yildan beri Umrani kutamiz, - deydi Sodiqbekova.

Uning aytishicha, Haj va Umra ziyoratlariga borishni istagan o‘zbekistonliklar ham mahalla qo‘mitasida ro‘yxatga turishi lozim. Haj ziyoratiga har mahalladan yiliga 1 yoki 2 kishi borishi mumkin, Umra ziyoratiga esa 4 nafardan 6-7 nafarga qadar.

Garchi Umra ziyoratiga boruvchilar soni ko‘p bo‘lsa-da, Toshkentning ayrim mahallalarida navbatlar uzaygani haqida Ozodlikka shikoyatlar kelmoqda.

Shoira Sodiqbekova uch yildan beri navbat kutayotganlardan biri ekanini aytmoqda. Ozodlik bilan suhbat asnosida Sodiqbekova, hatto, Umra ziyoratiga navbatlar uzayayotgani sababini korrupsiya va tanish-bilishchilik kabi muammolarga bog‘ladi:

- Umra ziyorati 60-navbatga yozilgan qo‘shnimiz borib keldi o‘tgan yili. O‘zi aytdi, qarindoshi gaplashib berganini. Hajga esa navbatim 148-o‘rinda. Yiliga 1 tadan odam borsa, 148 yil kutish kerak - umidimni uzganman. Endi umraga ham borolmaymanmi, deb o‘tiribman. Agar, pora bersam, bu yil ketardim. Ammo, men halol yo‘l bilan ketishni istaganim uchun yuribman yillardan beri navbat kutib, - deb da’vo qildi Sodiqbekova.

Quyida Sodiqbekova bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

Шоира Содиқбекова: Умра зиёратига бориш учун ҳам навбатлар узаймоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:42 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonda musulmonlarning Umra ziyorati ham davlat nazoratiga olingan va har yili faqat 5 ming - 5 ming 500 kishi ziyoratga borishi mumkin. Yana 5 ming-5 ming 250 kishi har yili Haj ziyoratiga borgan.

Aslida Saudiya Haj vazirligi tomonidan dunyoning musulmon davlatlaridagi har 1000 musulmon uchun 1 kishidan kvota belgilangan.

Aholisi 31 milliondan oshgan va aholisining 93 foizdan ortig‘i musulmon bo‘lgan O‘zbekiston yiliga 27-28 ming kishini Haj ziyoratiga jo‘natishi mumkin.

Saudiya Arabistoni Haj vazirligi mulozimlaridan biri Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda: “O‘zbekiston o‘z kvotasini to‘liq ishlatmayapti. Bizga kiritilgan so‘rov asosida kvota ajratilgan”, deb ma’lumot bergan edi.

O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi va Musulmonlari diniy idorasi mulozimlari esa mamlakatga Hajga borishni istovchilar sonidan kelib chiqqan holda 5 ming kishilik kvota olingani, mavjud ehtiyoj bundan oshmasligini ta’kidlab keladilar.

Vaholanki, O‘zbekistonda esa Haj ziyorati uchun hukumat belgilagan o‘ta cheklangan kvota bois, Hajga borish uchun o‘n yillab navbat poylayotgan musulmonlar bor.

XS
SM
MD
LG