Линклар

logo-print

Makedoniya Gretsiya chegarasidan noqonuniy o‘tgan yuzlab muhojirni qo‘lga oldi.

14 mart kuni mingga yaqin odam Gretsiyada odam bilan to‘lib toshgan lagerdan chiqib ketgan va chegara oldidagi daryodan kechib o‘tgandi. Ulardan bir necha yuz nafari tikansimdan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan, biroq askarlar tomonidan to‘xtatilgan.

Makedoniya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Gretsiyadan 700 dan ziyod muhojir noqonuniy yo‘l bilan kelgan. Vazirlik armiya va politsiya ularni Gretsiyaga qaytarish choralarini ko‘rayotganini bildirgan.

France-Press agentligi muhojirlarga hamrohlik qilgan 20 chog‘li jurnalist ham politsiya uchastkasiga olib ketilganini xabar qildi.

Gretsiyaning Idomeni qishlog‘i yaqinidagi qochqinlar lagerida shu kunda 14 mingga yaqin kishi tutib turilibdi. O‘tgan hafta Makedoniya bundan buyon o‘z hududiga qochqinlarni kiritmasligini, shu yo‘l bilan “Bolqon yo‘nalishi”ni yopishini bildirgandi.

XS
SM
MD
LG