Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 09:30

YeI: Eronning raketa sinovlari yadroviy bitim moddalarini buzmaydi


Yevropa Ittifoqi Eron tomonidan yaqinda o‘tkazilgan raketa sinovlari Tehron va jahondagi yetakchi davlatlar o‘rtasida tuzilgan yadroviy bitimni buzmaydi, deb hisoblaydi, shuning uchun ham Eronga nisbatan yangi sanktsiyalar joriy qilish niyatida emas. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha mutasaddisi Federika Mogerini bildirdi.

“Agar BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalari buzilgan bo‘lsa, bu masala BMTning tegishli institutlarida muhokama qilinishi lozim”, dedi Mogerini 14 mart kuni Bryusselda YeI tashqi ishlar vazirlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng.

Ayni paytda Mogerini Tehron “mamlakatning yadroviy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilmagan” deya iddao qilayotgan raketa sinovlari mintaqada taranglikni kuchaytirishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Tehron bilan tuzilgan yadroviy bitimni olqishlagan BMT rezolyutsiyasida Eron yadroviy kallaklar tashishga qodir ballistik raketalar ishlab chiqarishdan tiyilishga chaqirilgan.

Kechagi nutqida Federika Mogerini yaqin orada Eronga safar qilish niyatida ekanini ham ochiqladi.

XS
SM
MD
LG