Линклар

logo-print

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi 2016 yil 13 mart kuni Anqara shahrida yuz bergan terakt oqibatida jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega emas. Bu haqda dushanba kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar tarqatdi.

Turkiya poytaxtida yakshanba oqshomida sodir etilgan xudkush hujumda 37 kishi nobud bo‘lgan, 125 kishi tan jarohati olgandi.

Turk rasmiylari hujum Kurdiston ishchi partiyasi tomonidan sodir etilgani, portlashni sodir etgan ayol ham shu partiyaga mansubligini iddao qilmoqdalar.

14 mart kuni turk uchoqlari teraktga javoban Iroq shimolidagi kurd isyonchilari qarorgohlarini bombaladi.

XS
SM
MD
LG