Линклар

"Toshissiqquvvati" korxonasi 1 apreldan yana aholi va poytaxtdagi tashkilotlarga beriladigan issiq suv narxini 9 foizga oshirishini ma’lum qildi.

Bu haqda Gazeta.uz saytining xabar qilishicha, yangi tarif asosida aholi uchun issiq suvning bir kub metri 3 ming 459 so‘m (ayni paytda 3 ming 174 so‘m) bo‘ladi. Hisoblagich asosida to‘langan taqdirda oyiga bir kishiga 13 ming 511 so‘m (ayni paytda 12 ming 395 so‘m) bo‘ladi.

Yotoqxonalarda istiqomat qiluvchilar esa hisoblagich bo‘lmagan taqdirda oyiga kishi boshiga 10 ming 51 so‘m (ayni paytda 9 ming 220 so‘m) to‘laydi.

Markaziy isitish tizimidan foydalanadigan xonadonlar 1 metr kvadrat maydon uchun 1 ming 73 so‘m (ayni paytda 1 ming 169 so‘m) to‘laydi.

So‘nggi bor issiq suv narxi o‘tgan yili 1 oktyabrda oshirilgan edi.

XS
SM
MD
LG