Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:51

UMS shirkati direktori o‘zbekistonlik mijozlar bilan ochiq muloqot uyushtirdi


UMS shirkati Gazeta.uz tahririyati bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik mijozlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot boshladi.

Mijozlar o‘z savollarini shu hafta avvalidan to 18 martgacha UMS, Gazeta.uz sayti va ushbu saytning Facebook tarmog‘idagi sahifasida qoldirishlari mumkin.

Savollarga O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tuzilgan qo‘shma korxona bo‘lgan UMSning yetakchi rahbarlari va Bosh direktori Dmitriy Nagorniylar javob beradi.

Savol-javoblar umumiy mazmuni 24 mart kuni Gazeta.uz saytida chop etilishi xabar qilinmoqda.

UMS brendi ostida 2014 yilning 1 dekabrdan O‘zbekiston bozorida ish boshlagan mobil shirkati qariyb ikki yarim yil ishlamagan sobiq MTS mobil shirkati o‘rnida ish boshlagan.

MTSning O‘zbekistondagi sho‘’basi - O‘zdunrobita 2012 yilda soliqdan bo‘yin tovlash, pul yuvish va boshqa moliyaviy jinoyatlarda ayblanib hukumat tarafidan yopib qo‘yilgan edi.

XS
SM
MD
LG