Линклар

RIA-Novosti agentligi uch moskvalik ayoldan 1 million rubldan ko‘proq pulni aldab olgan o‘zbekistonlik "virtual-kuyov"ning sudlanishi haqida xabar berdi.

Moskva prokuraturasiga tayangan agentlikka ko‘ra, Umid Jabborov ismli o‘zbekistonlik 2014 yil davomida tanishuv saytlaridan biriga kirib, u yerda puldor ayollarning ko‘nglini ovlagan.

Uning o‘zini Birlashgan Arab Amirliklaridan Rossiyaga borgan puldor yigit qilib ko‘rsatish uchun qimmat avtomobil, kvartiralarni ijraga olgani, ayollar bilan aloqasi mustahkamlangach, katta miqdorda qarz olib, g‘oyib bo‘lgani aytilmoqda.

Tergovda aniqlanishicha, bu yigit 2014 yilning oktyabridan 2015 yilning yanvarigacha uch moskvalik ayoldan 1 million rubldan ortiqroq pul olgan.

Tovlamachilikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ishini Moskva shahridagi Ostankinskiy tuman sudi ko‘rib chiqadi. Ayni paytda bu shaxsning hibsda saqlanayotgani aytildi.

XS
SM
MD
LG