Линклар

Rossiya Harbiy-fazo kuchlari bosh qo‘mondoni Viktor Bondaryov mamlakatga Suriyadan qaytarilgan ilk samolyotlarni qarshi oldi.

"Terrorchi banditlarning keyingi hujumlarini qaytarish uchun Suriya armiyasi, koalitsiya va muxolifatning kuchi yetarli", deb bayonot berdi Bondaryov.

Bundan biroz avval Rossiya Mudofaa vazirining stats-sekretari Nikolay Pankov rus qo‘shinlari Suriyada havo hujumlari hali davom etishini aytgan edi.

15 mart kuni Rossiya Suriyadan harbiy texnikasini olib chiqa boshladi. Rossiya Qurolli kuchlariga Suriyadan chiqib ketishni buyurgan prezident Vladimir Putin 14 mart kuni mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuv chog‘ida rus harbiylari Suriyada o‘z vazifalarini, umuman olganda, bajarib bo‘lganini ta’kidladi.

Jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Putin Rossiya qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi Suriyadagi ziddiyatning siyosiy yo‘l bilan hal bo‘lishi uchun turtki berishiga umid bildirdi.

Rossiya prezidenti Moskvaning ittifoqchisi bo‘lgan prezident Bashar Assadni qo‘llash uchun 5 oy muqaddam Suriyada harbiy amaliyotlar boshlashga buyruq bergan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident Bashar Asad Putinning qo‘shinlarni olib chiqib ketish qaroridan rozi ekanini ochiqladi.

XS
SM
MD
LG