Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:23

"Islomiy davlat"ning amerikalik jangarisi kurdlarga taslim bo‘ldi


"Islomiy davlat" terror guruhi safida jang qilgan amerikalik jangarilardan biri Sinjar viloyatida kurd jangchilariga taslim bo‘ldi.

U o‘zini asli Iroqda tug‘ilgan, AQShda katta bo‘lgan falastinlik, deb taqdim qildi. ID jangarilarining taslim bo‘lishi qariyb uchramaydigan hodisa.

Kurdlar jangarining taslim bo‘lishi aks etgan videoni ijtmoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.

Asir tushgan jangari yonidan katta miqdorda naqd pul, uchta mobil telefoni va uning shaxsini tasdiqlovchi uch hujjat, jumladan, uning AQShda berilgan haydovchilik guvohnomasi chiqqan. Hujjatlarda uning virjiniyalik Muhammad Jamol Xveys ekani yozilgan.

Bu jangari ingliz va biroz arabcha so‘zlashadi.

XS
SM
MD
LG