Линклар

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga elektr uzatish liniyalarini modernizatsiyalash uchun 10 million yevro miqdorida moliyaviy yordam beradi.

Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Yuriy Shtrek mahalliy matbuotga O‘zbekistonda elektr uzatish liniyalarini modernizatsiyalash bir nechta bosqichda o‘tkazilishini va bu ish Frantsiya taraqqiyot agentligi mutaxasislari tomonidan amalga oshirilishini bildirgan.

Xabarlarda aytilishicha, O‘zbekistonda elektr liniyalari nosozligi tufayli elektr quvvatining yo‘qotilishi 13 foizni tashkil qiladi. Shuningdek, kuz va qish mavsumida elektr uzatish tarmoqlarining eskirgani ortidan aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash muammo bo‘lib qolmoqda.

XS
SM
MD
LG