Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:00

Moskvada o‘zbekistonlik va tojikistonliklar mushtlashdi


Moskva janubida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir etildi.

“Interfaks” agentligining Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berishicha, 14 mart kuni Kavkaz bulvarida bo‘lgan mushtlashuvda 50 nafar mehnat muhojiri ishtirok etgan. Rasmiylar mushtlashuv maishiy sabablardan kelib chiqqanini bildirmoqda.

Politsiya tomonidan mushtlashuvda ishtirok etgan 28 odam qo‘lga olingan.

Bundan avvalroq 15 fevralda ham Moskvaning janubi sharqidagi yotoqxonalarning birida O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan mehnat muhojirlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir etilgan. O‘shandan mushtlashuvda qatnashgan ikki odam qattiq jaroxatlangan, 28 odam politsiya tomonidan qo‘lga olingan edi.

XS
SM
MD
LG