Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:21

AQSh: Rossiya Suriyadan harbiylarini chiqarayotgani sanksiyalarga ta’sir qilmaydi


Rossiya Suriyadan o‘z harbiylarini olib chiqib ketayotgani AQShning mazkur mamlakatga nisbatan joriy etgan sanksiyalari yumshatilishiga yoki bekor qilinishiga sabab bo‘lmaydi. Bu haqda seshanba kuni Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibining yordamchisi Viktoriya Nuland ma’lum qildi.

Nulandning aytishicha, AQSh Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga qarab baho beradi. “Rossiyaga nisbatan sanksiyalar Ukraina voqealari ortidan joriy etilgani ma’lum. Shuning uchun Suriyadagi jarayon Ukraina voqealariga nisbatan qabul qilgan qarorlarimizning o‘zgartirilishiga ta’sir qilmaydi”, dedi Nuland.

Oq uy rasmiysi Josh Ernest seshanba kungi birifing paytida Rossiya haqiqatan ham Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqa boshlaganini tasdiqladi. Pentagon esa Rossiya Suriyadan faqat bir nechta samolyotini olib chiqib ketganini va buni “Suriyadan harbiylarning katta qismini chiqarish”, deb atab bo‘lmasligini bildirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14 mart kuni Suriyadan rus qo‘shinlari olib chiqib ketilishi haqida ko‘rsatma bergan edi.

Moskva o‘z ittifoqchisi bo‘lgan prezident Bashar Assadni qo‘llash uchun 5 oy muqaddam Suriyada muxolifatga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazishni boshlagan edi.

XS
SM
MD
LG