Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:46

Bryusselda terrorchilikda gumonlangan shaxs otib o‘ldirildi


Belgiya poytaxti Bryusselda maxsus politsiya otryadi snayperlari terrorchilikda gumonlanayotgan shaxsni otib o‘ldirdi.

Belgiya politsiyasining ma’lum qilishicha, 15 mart kuni Bryusseldagi uylardan birini tekshirish uchun kelgan politsiyachilarga qarata bir yoki bir nechta odam bir vaqtning o‘zida o‘q ota boshlagan.

Politsiya oradan besh soat o‘tib uyga bostirib kirishga muvaffaq bo‘lgan va Kalashnikov avtomati bilan qurollangan shaxsni otib o‘ldirgan.

Otishma paytida 4 politsiyachi yaralangan. Belgiya politsiyasi bir necha oylardan beri 2015 yilning noyabrida Parijda 130 odam o‘limiga sabab bo‘lgan terror hujumi uyushtiruvchilarini qidirish amaliyotini o‘tkazib kelmoqda

Avvalroq Belgiya politsiyasi 11 odamni terrorchilikda gumonlab hibs qilgan edi. Ayni paytda Belgiyada terrorchilikda ayblangan 8 odam sud hukmini kutmoqda.

XS
SM
MD
LG