Линклар

AQShning Los-Anjeles shahrida Rossiya va Qo‘shma Shtatlar fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs rus o‘quvchi qizlarini uzoq yillar davomida zo‘rlab kelganlikda aybdor deb topilib, 150 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Sudlanuvchi Yusef Abramov so‘nggi marta Rossiyada 12 yoshli qizni zo‘rlagani va agar qiz bu haqda kimgadir aytsa, uni so‘yib tashlash bilan tahdid qilgani aniqlangan.

O‘tgan yilning noyabridagi sud jarayonlarida esa Abramov Rossiyada ikki yil davomida uch nafar o‘smir qizni zo‘rlaganlikda aybdor, deb topilgan edi.

AQSh okrug sudi sudьyasi Otis Rayt 58 yoshli Abramovni “ vahshiy yirtqich”, deb atadi va unga 150 yillik qamoq jazosi belgiladi.

XS
SM
MD
LG