Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:40

Rossiya Suriyadan yana bir necha samolyotini olib chiqdi


Rossiya harbiy uchoqlarining yana bir guruhi Suriyani tark etgani to‘g‘risida Rossiya mudofaa vazirligi xabar qildi.

Suriyadan qaytarilayotgan uchoqlar orasida Il-76 harbiy-transport samolyoti hamda Su-25 hujumchi samolyotlari bor.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14 mart kuni Suriyadan rus qo‘shinlari olib chiqib ketilishi haqida ko‘rsatma bergan edi.

Moskva o‘z ittifoqchisi bo‘lgan prezident Bashar Assadni qo‘llash uchun 5 oy muqaddam Suriyada muxolifatga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazishni boshlagan edi.

Rossiya Suriyadan o‘z harbiylarini olib chiqib ketayotgani AQShning mazkur mamlakatga nisbatan joriy etgan sanksiyalari yumshatilishiga yoki bekor qilinishiga sabab bo‘lmaydi. Bu haqda seshanba kuni Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibining yordamchisi Viktoriya Nuland ma’lum qildi.

Nulandning aytishicha, AQSh Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga qarab baho beradi. “Rossiyaga nisbatan sanksiyalar Ukraina voqealari ortidan joriy etilgani ma’lum. Shuning uchun Suriyadagi jarayon Ukraina voqealariga nisbatan qabul qilgan qarorlarimizning o‘zgartirilishiga ta’sir qilmaydi”, dedi Nuland.

Oq uy rasmiysi Josh Ernest seshanba kungi birifing paytida Rossiya haqiqatan ham Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqa boshlaganini tasdiqladi. Pentagon esa Rossiya Suriyadan faqat bir nechta samolyotini olib chiqib ketganini va buni “Suriyadan harbiylarning katta qismini chiqarish”, deb atab bo‘lmasligini bildirdi.

XS
SM
MD
LG