Линклар

logo-print

Vashington Moskvani Qrim okkupatsiyasini to‘xtatishga hamda yarim orolni Ukrainaga qaytarishga chaqirdi.

Bu talab amalga oshirilmaguncha Rossiyaga qarshi sanksiyalar o‘z kuchida qolajagi to‘g‘risida bildirilgan AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbining maxsus bildiruvida. Kirbining bildiruvi Qrim anneksiyasiga ikki yil to‘lishi munosabati bilan e’lon qilindi.

Oq Uy 2014 yil 16 martida Qrimda o‘tkazilgan referendumning legitim emasligini hanuz tan olmayotgani va uning natijalarini xalqaro huquqning buzilishi, deb bilishi bildirildi.

AQSh Rossiya tomonidan anneksiya qilingan, okkupatsion hukumat har qanday o‘zgacha fikrni bostirayotgan, milliy va diniy ozchiliklar quvg‘in qilinayotgan Qrimdagi vaziyatdan, birinchi navbatda qrimtatarlar va ukrainlar ta’qib qilinayotganidan chuqur tashvish bildirilgan bayonotda.

Qrimning Rossiyaparast rasmiylariga ko‘ra, bundan ikki yil muqaddam Qrimda o‘tkazilgan referendumda ovoz berishga qatnashganlarning 97 foizi Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi uchun ovoz bergan.

BMTning mazkur referendum qonuniy kuchga emas, deb malakalangan 2014 yil 27 mart kungi rezolyutsiyasini 100 davlat quvvatlagan. 11 davlatgina bu masalada Rossiyaning yonini olgan. Yevropa Ittifoqi va AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilgan.

XS
SM
MD
LG